NATO nafaqat SSSRni balkim butun dunyoni aldadi – Zaxarova

Obuna bo‘lish
AQSh 1990-yilda SSSR rahbariyatiga sovet qo‘shinlari Yevropadan olib chiqib ketilganidan keyin NATOni Sharq tomonga bir qadam ham kengaytirmaslikni va’da bergan.  

TOShKENT, 22 noya – Sputnik. NATO nafaqat Sovet Ittifoqi rahbariyatini balkim butun dunyoni aldadi, dedi Rossiya TIVi rasmiy vakili Mariya Zaxarova, RIA Novosti xabariga asosan.

Intervyu premyer-ministra RF Dmitriya Medvedeva rossiyskim telekanalam - Sputnik O‘zbekiston
Medvedev: NATO mamlakatlari Rossiyaga dushmanga qaragandek qaraydi

“G‘arbiy hamjamiyat, birinchi navbatda NATO rahbariyati, men aniq biror shaxslarni emas butun mamlakat va siyosiy tuzumlarni nazarda tutayapman, nafaqat sovet xalqini, Sovet Ittifoqi rahbariyatini, balkim butun xalqaro hamjamiyatni yanglishtirishdi. Bu dunyo miqyosidagi aldov bo‘ldi”, - dedi Zaxarova sobiq SSSR prezidenti Mixail Gorbachevning ushbu mavzudagi so‘zlarini eslab o‘tarkan.

Rossiya oxirgi yillar davomida o‘z g‘arbiy chegaralari yaqinida NATOning faollashuvini ko‘rmoqda. NATO o‘zining ushbu faoliyatini “Rossiya agressiyasini to‘xtatib turish” niqobi ostida amalga oshirmoqda. Moskva alyansning ushbu hatti-harakatlari o‘z xavfsizligiga tahdid ekanini juda yaxshi biladi.

Aleksandr Xrolenko, voyenniy obozrevatel  - Sputnik O‘zbekiston
Xrolenko: Yevropa Rossiya bilan kechadan oldin kuni urush boshlashi mumkin edi

2017 yil iyunida NATOga yana bir mamlakat qo‘shildi – Chernogoriya. Bu alyansning 29 mamlakati bo‘ldi. Sobiq Yugoslaviya respublikasida o‘tkazilgan so‘rovlarda mamlakat aholisining aksariyati NATOga qo‘shilishga qarshi bo‘lishiga va mamlakatda norozilik namoyishlari o‘tkazilishiga qarmasdan, Chernogoriya rahbariyati NATOga qo‘shildi.

Eslatib o‘tamiz, 1990-yilda Sovet Ittifoqi va AQSh rahbariyati o‘rtasida erishilgan kelishuvga ko‘ra, SSSR Yevropadagi barcha harbiy bazalarini yopib, qo‘shinlarini Germaniyadan olib chiqib ketganidan keyin NATO Berlin devoridan Sharq tomonga bir qadam ham nariga o‘tmaslikni va’da bergan edi.

SSSR prezidenti Mixail Gorbachev ham o‘z intervyularida bir necha bor SSSR va AQSh prezidentlari orasida "NATOni Sharq tomonga kengaytirmaslik kafolati" haqidagi og‘izaki kelishuv bo‘lganligini aytib o‘tgan edi. 

Yangiliklar lentasi
0