Maishiy chiqindilar uchun to‘lov: MIBga qo‘shimcha vazifa yuklatildi

Obuna bo‘lish
Keyingi yildan boshlab qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlari uchun majburiy to‘lovlar aholi tomonidan yagona tranzit bank hisobvaraqlariga to‘lanadi.

TOShKENT, 22 noya – Sputnik. Qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish uchun to‘lovlarni to‘lash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi prezident farmoni qabul qilindi.

Farmonga muvofiq 2019-yil 1-yanvardan boshlab qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlari uchun aholi tomonidan majburiy to‘lovlar to‘liq va o‘z vaqtida to‘lanishini ta’minlash Majburiy ijro burosi tomonidan amalga oshiradi.

2019 yil 1-yanvardan boshlab:

- qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlari uchun majburiy to‘lovlar aholi tomonidan yagona tranzit bank hisobvaraqlariga to‘lanadi va ushbu to‘lovlar keyinchalik Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining maxsus g‘azna hisobvaraqlariga o‘tkaziladi;

Musor to‘plash joyi - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda maishiy chiqindilarni olib chiqish narxi 7%ga ko‘tariladi

- maxsus g‘azna hisobvaraqlarida jamlangan mablag‘lar faqatgina xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar tomonidan chiqindilarni to‘plash va olib chiqish bo‘yicha xizmatlar haqini markazlashgan tartibda to‘lashga, sanitar tozalash markazlari va Sanitar tozalash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan korxonalar respublika birlashmasi faoliyatini moliyalashtirishga, chiqindilar bilan bog‘liq infratuzilmani rivojlantirishga yo‘naltiriladi;

- jismoniy shaxslar tomonidan chiqindilarni olib chiqish xizmatlari uchun majburiy to‘lovlar olti oydan ortiq to‘lanmagan taqdirda Davlat ekologiya qo‘mitasining hududiy organlari tomonidan qarzdorlikni undirish to‘g‘risidagi arizalar sudlarga kiritiladi.

Bundan tashqari farmon bilan Davlat ekologiya qo‘mitasi hududiy organlari huzurida sanitar tozalash xizmatlari tashkil etilib, ularning vazifalari belgilab berildi.

Yangiliklar lentasi
0