TOShKENT, 11 apr — Sputnik. Toshkentda 1-maydan boshlab maishiy chiqindilarni olib chiqish narxi 7% ga oshadi, deyilgan "Maxsustrans" sahifasidagi xabarda.
May oyidan boshlab poytaxtda musor olib chiqish xizmati narxi har bir ro‘yxatda turgan odam uchun 3 ming so‘mnp tashkil qiladi. Tashkilotlar uchun ushbu xizmat narxi 1 metr kub chiqindiga 36 ming so‘mni tashkil qiladi.
Budjet va xo‘jalik hisobidagi korxonalar uchun 1 metr kub qattiq chiqindi olib chiqish narxi 35991 so‘mni tashkil qiladi. Bu oldinga narxga qaraganda 2,4 ming so‘mga ko‘p. Axlat olib chiqish narxi o‘zgarmagan.
Ushbu xizmatlar narxi oxirgi marta o‘tgan yilning yozida ko‘tarilgan edi.