TOShKENT, 21 noya — Sputnik. Indoneziyada Kapota orolidagi Vakatobi Milliy parki qirg‘og‘ida mahalliy aholi o‘lik kashalotni topishgan.
Butunjahon yovvoyi tabiat jamg‘armasi (WWF) o‘zining Twitterdagi sahifasida ma’lum qilishicha, ekologlar qoldiqlarni o‘rganib chiqib, kashalotning o‘limiga plastikda bo‘lgan zararli moddalar birikmasi yetarlicha sabab bo‘lishi mumkinligi aniqlashgan.
Kashalot oshqozonida 115 ta plastik stakanlar, to‘rtta plastik idish, 25 ta paket, vazni 3,26 kilogrammli arqon, 19 ta qattiq plastik parchalari va bir juft poyabzal yig‘ilgan. Jami olti kilogramm plastik qoldiqlari kashalot oshqozonidan chiqarib olingan.
Dunyo okeanidagi 80 foiz tashlandilarni plastik tashkil etadi. Olimlar prognoziga ko‘ra, 2050-yilga kelib okeanda baliqdan ko‘ra plastik axlatlar ko‘p bo‘ladi.
Sobat, seekor Paus Sperma (Physeter macrocephalus) terdampar di Pulau Kapota, Wakatobi dlm kondisi sdh membusuk (18/11). Kondisi paus saat ditemukan tdk baik & bagian tubuhnya sdh tdk lengkap. Pihak berwenang tdk bisa melakukan nekropsi u/ mengetahui penyebab kematian paus tsb. pic.twitter.com/O1ywAr7hbD
— WWF-Indonesia (@WWF_ID) 19 noyabrya 2018 g.