https://oz.sputniknews.uz/20170210/Tailand-yaqinida-topilgan-axlat-oroli-kurortlarga-qarab-suzmoqda-4781607.html
Kelib chiqishi noma’lum ulkan "axlat oroli" Tailand kurortlariga qarab suzmoqda
Kelib chiqishi noma’lum ulkan "axlat oroli" Tailand kurortlariga qarab suzmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Baliqchilar tomonidan Tailand qirg‘oqlari yaqinida tasodifan aniqlangan ulkan "axlat oroli" dayverlarning eng sevimli joyi bo‘lmish Talu oroliga yetishiga 6 kilometr... 10.02.2017, Sputnik O‘zbekiston
2017-02-10T10:55+0500
2017-02-10T10:55+0500
2017-02-10T10:58+0500
https://cdn1.img.sputniknews.uz/i/logo/logo-social.png
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2017
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
hodisalar , dunyoda
Kelib chiqishi noma’lum ulkan "axlat oroli" Tailand kurortlariga qarab suzmoqda
10:55 10.02.2017 (yangilandi: 10:58 10.02.2017) Baliqchilar tomonidan Tailand qirg‘oqlari yaqinida tasodifan aniqlangan ulkan "axlat oroli" dayverlarning eng sevimli joyi bo‘lmish Talu oroliga yetishiga 6 kilometr qolgan. Turli chiqindilar va plastik idishlardan iborat "axlat oroli"ning uzunligi 10 ming metrga yaqin
TOShKENT, 10 fev — Sputnik. Baliqchilar tomonidan Tailand qirg‘oqlari yaqinida aniqlangan ulkan "axlat oroli"ning dayver(dengiz tubiga sho‘ng‘ish bilan shug‘ullanuvchi havaskorlar)ning eng sevimli joyi bo‘lmish Talu oroliga yetib kelishiga 6 kilometrcha masofa qolgan, deb xabar qildi juma kuni Tailand harbiy-dengiz okrugi qo‘mondoni vitse-admiral Surasak Metxaypxa.
"Axlat oroli" ilk bor bir hafta muqaddam aniqlangan: baliqchilar kapitani uni o‘zining smartfoniga suratga olgan va ushbu suratni ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatib yuborgan. Ana shundan so‘ng Tailand milliy ommaviy axborot vositalari Talu oroli va Xua Xin hamda Cha-Am kurort orollariga asta-sekin yaqinlashib kelayotgan chiqindilar uyumi haqida bong urishni boshlagan.
Baliqchilar va harbiylarga ko‘ra axlatning asosiy qismini yelimdan ishlangan paketlar va plastikdan yasalgan boshqa ro‘zg‘or buyumlari tashkil etadi.
Ayni vaqtda Tailand Harbiy-dengiz kuchlari dengiz politsiyasi va ushbu sohilga yaqin provinsiyalar ma’muriyati xodimlari bilan hamkorlikda suvdan axlatni ajratib olish va uni yo‘q qilish borasida operatsiyaga tayyorgarlik ko‘rishmoqda.
"Axlat oroli"ning kelib chiqish tarixi hozircha noma’lumligicha qolmoqda, deb xabar qilgan RIA Novosti.