TOShKENT, 21 noya – Sputnik. FVV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, shu hafta davomida O‘zbekiston hududlari bo‘yicha iliq va beqaror ob-havo bo‘ladi.
Respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda shamol kuchayishi bilan kuzatiladi. Havo harorati kechalari 2-7 daraja iliq, kunduz kunlari 10-15 daraja iliq, yomg‘ir paytida esa 7-9 daraja iliq atrofida bo‘ladi.
Respublika hududlariga dam olish kunlari yana sovuq g‘arbiy havo massalari kirib keladi.
Shanba kuni ba’zi joylarda sovuq harorat fonida yomg‘ir yog‘adi. Kunduz kungi harorat 5-8 daraja iliqgacha pasayadi.
Yakshanba kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi, lekin sovuq havo massalari ta’siri saqlanib turadi: harorat kechalari 0-3 daraja sovuqgacha pasayadi, kunduzgi harorat esa 8-10 daraja iliq atrofida bo‘ladi.