O‘zbekistonga sovuq va nam havo oqimi kelmoqda

© Sputnik / StringerZima v Tashkente
Zima v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yevropa hududi markaziy tumanlari uzra shakllangan sovuq va nisbatan nam havo massasi G‘arbiy Qozog‘iston orqali O‘zbekiston hududiga kirib keladi.

TOShKENT, 12 noya — Sputnik. O‘zbekiston gidrometeorologiya xizmati markazining xabar qilishicha, 12-15 noyabr kunlari Rossiyaning (Moskva oblasti) Yevropa hududi markaziy tumanlari uzra shakllangan sovuq va nisbatan nam havo massasi G‘arbiy Qozog‘iston orqali O‘zbekiston hududiga kirib keladi.

Silnaya burya v Tashkente paralizovala dvijenie transporta - Sputnik O‘zbekiston
Kuchli shamol va "loy" yomg‘iri: O‘zbekistonda ob-havo keskin o‘zgardi

QORAQALPOG‘ISTON VA XORAZM VILOYaTI

Havo o‘zgarib turadi, 11-noyabrda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 12-14 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 11-12 noyabrda ba’zi joylarda 18-23 m/s gacha, ba’zida esa 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 11-noyabrda kechasi va kunduzi 3-8 daraja iliq, 12-noyabrda kechasi va kunduzi 2-7 daraja sovuq, 13-14 noyabrda kechasi 8-13o sovuq, kunduzi 2-7 daraja sovuq bo‘ladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYaTLARI

Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 12-13 noyabrda ba’zi joylarda 18-23 m/s gacha, ba’zida esa 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 11-noyabrda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq, 12-noyabrda kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi, 13-14 noyabrda kechasi 5-10 daraja sovuqgacha, kunduzi 3 daraja sovuq-2 daraja iliqgacha pasayadi; Navoiy viloyatining shimolida kechasi 8-13 daraja sovuqgacha, kunduzi 2-7 daraja sovuqgacha pasayadi.

TOShKENT, SAMARQAND, JIZZAX, Sirdaryo VILOYaTLARI

Havo o‘zgarib turadi, 11 va 14-noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 12-noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, kechga tomon qorga aylanishi mumkin. 13-noyabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 12-13 noyabrda ba’zi joylarda 18-23 m/s gacha, ba’zida esa 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 11-noyabrda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq, 12-noyabrda kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq, 13-noyabrda kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja iliq, 14-noyabrda kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo VILOYaTI

Havo o‘zgarib turadi, 11 va 14-noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 12-13 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 13-noyabrda qorga aylanishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 12-13 noyabrda ba’zi joy-larda 18-23 m/s gacha, ba’zida esa 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 11-12 noyabrda kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 10-15daraja iliq, 13-noyabrda kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja iliq, 14-noyabrda kechasi 1-6 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Bankovskie karti mejdunarodnix platejnix sistem VISA i MasterCard - Sputnik O‘zbekiston
“O‘zbekiston havo yo‘llari” chipta xarid qilish bo‘yicha yangi onlayn-to‘lov usulini qo‘shdi

Surxondaryo VILOYaTI

Havo o‘zgarib turadi, 11-noyabrda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 12-13 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 13-noyabrda qorga aylanishi mumkin. 14-noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 12-13 noyabrda ba’zi joylarda 18-23 m/s gacha, ba’zida esa 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 11-12 noyabrda kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq, 13-14 noyabrda kechasi 3o sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYaTLARI

Havo o‘zgarib turadi, 11 va 14-noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 12-noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 13-noyabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 12-13 noyabrda ba’zi joylarda 18-23 m/s gacha, ba’zida esa 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 11-noyabrda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq, 12-noyabrda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi, 13-14 noyabrda kechasi 0-5 daraja sovuqgacha, kunduzi 3 daraja sovuq-2 daraja iliqgacha pasayadi.

RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI

Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik bo‘ladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 12-13 noyabrda ba’zi joylarda 18-23 m/s gacha, ba’zida esa 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 11-noyabrda kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 4-9 daraja iliq bo‘ladi, 12-14 noyabrda kechasi 8-13 daraja sovuqgacha, kunduzi 2-7 daraja sovuqgacha pasayadi.

Yangiliklar lentasi
0