Interpol prezidenti etib Janubiy Koreya vakili tayinlandi

Logotip INTERPOL na fasade zdaniya
Logotip INTERPOL na fasade zdaniya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Interpol prezidenti saylash marosimi Dubayda, tashkilot Bosh assambleyasining 87 sessiyasida bo‘lib o‘tdi.

TOShKENT, 21 noya — Sputnik. Xalqaro politsiya tashkilotiga rahbar etib Janubiy Koreya vakili Kim Chon Yan tayinlandi, deb xabar qilmoqda Interpol rasmiy Twitter kanali. Prezident saylash marosimi Dubayda Interpol Bosh assambleyasining 87 sessiyasida bo‘lib o‘tdi. 

Vizit vitse-prezidenta Mejdunarodnoy organizatsii ugolovnoy politsii-Interpol v MVD Respubliki Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Interpol bilan hamkorlikni kuchaytiradi

Kim Chon Yan oldin Interpolning katta vitse-prezidenti lavozimida ishlab kelgan. Undan oldin prezidentlik qilgan Xitoy vakili Men Xunvey oktabr oyida o‘z vatanida korrupsiyada ayblanib hibsga olingan edi.

Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin ushbu lavozimga ayni damda Interpolning Yevropa bo‘yicha  vitse prezidenti lavozimida ishlab kelayotgan Rossiya vakili Aleksandr Prokopchuk ham nomzod edi.

OAVlarda AQSh va Ukraina, Rossiya vakilining Interpolga rahbar etib saylanishiga qarshi fikrlar bildirishgan edi. Rossiya IIVi Rossiya vakiliga qarshi qaratilgan ushbu kampaniyani “hech qanday assossiz, faqat siyosiy manfaatlarga asoslangan” deb atagan edi.

Yangiliklar lentasi
0