Moskvada taksichi hamonni qaytarish uchun mijozni 8 soat kutdi

© Foto / Predostavleno Kayratom TentimishevimTaksist v Moskve Kayrat Tentimishev
Taksist v Moskve Kayrat Tentimishev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Moskvada qirg‘izistonlik taksichi unutib qoldirilgan hamonni qaytarish uchun mijozni podyezd oldida 8 soat kutib turdi. Hamonidan umidini uzgan qiz uni ko‘rib yig‘lab yubordi.

TOShKENT, 20 noya — Sputnik. Bu voqea menga insoniyatga bo‘lgan ishonchimni yana qaytardi, deb o‘z hikoyasini boshlagan Varya Borsova ismli qiz o‘zining facebook dagi sahifasida.

Taksi - Sputnik O‘zbekiston
Samarqandda “Yandeks taksi”ning raqobatchisi paydo bo‘ldi

Varya aytishiga qaraganda u Moskvaga tong soat 5larda yetib kelgan. Aeroportdan taksi olib uyiga kelgan va kirib uxlagan.

Soat birlar atrofida uyg‘onganidan so‘ng taksida hujjatlari va hamonini unutib qoldirganini tushungan. Dispetcher xizmati orqali haydovchini topishning iloji bo‘lmagan va endi bank kartalarini blokiirovka qilaman deb turganda uning otasi podyezd oldida turgan taksi mashinasini ko‘rib qolgan.

Keyin ma’lum bo‘lishicha bu Varya ertalab aeroportdan kelgan mashina bo‘lgan. Haydovchi ham telefon orqali mijoz bilan bog‘lanishning ilojini topa olmay uni podyezd oldida kutib turgan.

“Men tashqariga chiqib tanish qirg‘izistonlik haydovchini ko‘rdim. U menga qarab – Qayerda edingiz. Odam ham shunchalik uxlaydimi? Men bu yerda sovuq qotib ketdim-ku!- dedi. Men uni quchoqlab yig‘lab yubordim”, -  deb yozadi Varya.

Hamoni topilganidan xursand bo‘lgan mijoz haydovchiga 5000 rubl “suyunchi” bergan va haydovchi xayrlashib jo‘nab ketgan.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ushbu hikoyaga ko‘plab ijobiy izohlar qoldirishdi. Ba’zilar “Musulmonlar uchun bu odatiy hol” desa boshqalar ushbu yigitni tarbiyalagan ota onasiga rahmat deb ularga sog‘lik tilagan.

Yangiliklar lentasi
0