Abdulaziz Kamilov Brusselga tashrifi buyuradi

© Sputnik / Yevgeniy BiyatovMinistr inostrannix del Uzbekistana Abdulaziz Kamilov
Ministr inostrannix del Uzbekistana Abdulaziz Kamilov  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Kamilovning Brusselga bo‘lajak tashrifi tafsilotlarini ma’lum qildi.

TOShKENT, 20 noya – Sputnik. 2018 yilning 21-24 noyabr kunlari O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya amaliy tashrif bilan Brusselga shahrida bo‘ladi. Bu haqda  O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar qildi.

Vazirlik keltirgan ma’lumotga ko‘ra, O‘zbekiston delegatsiyasi “O‘zbekiston-Yevropa Ittifoqi” Hamkorlik kengashining navbatdagi majlisida, “Yevroittifoq-Markaziy Osiyo” mintaqalararo uchrashuvida ishtirok etadi.

Shuningdek, tashrif doirasida YeIning tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy komissari Federika Mogerini, Avstriya va Belgiya Tashqi ishlar vazirlari Karin Knyaysel va Didye Reyndersom hamda boshqa rasmiy shaxslar bilan ikki tomonlama muzorakalar bo‘lib o‘tadi.

Chasovaya bashnya v Berne - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Shveysariyaga tashrif buyuradi

Eslatib o‘tamiz, Markaziy Osiyo davlatlari va Mo‘g‘iliston bilan aloqalari bo‘yicha raisi Iveta Grigule-Peterse Toshkentga tashrifi davomida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni kelasi yilning boshida Brusselga tashrif buyurishini rejalashtirilganligi haqida ma’lum qilgandi.

Joriy yilning iyul oyida YeI Kengashi O‘zbekiston bilan kengaytirilgan hamkorlik va sherikchilik to‘g‘risidagi muzokaralar olib borishni rasman ma’qullagandi. 

Kengashning fikricha, bu qulay ish va investitsion sharoitini yaratishga ko‘maklashadi va iqlimni o‘zgarishi, terrorizmga qarshi kurashish singari global chaqiriqlarga va tashqi siyosiy masalalar bo‘yicha hamkorlik qilishni ta’minlaydi.

Yangiliklar lentasi
0