Shavkat Mirziyoyev Shveysariyaga tashrif buyuradi

© Sputnik / Andrey Babushkin / Mediabankka o‘tishChasovaya bashnya v Berne
Chasovaya bashnya v Berne - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019-yilda Shveysariyaga tashrifini tashkillashtirish va uni muvaffaqiyatli o‘tkazishdan tomonlar manfaatdor ekanligi tasdiqlandi.

TOShKENT, 20 noya – Sputnik. 2018 yil 19-noyabr kuni Bern shahrida O‘zbekiston-Shveysariya siyosiy maslahatlashuvlarining beshinchi raundi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qildi TIV axborot xizmati.

O‘zbekiston delegatsiyasiga tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilshod Axatov, Shveysariya Konfederatsiyasi delegatsiyasiga Federal tashqi ishlar departamenti davlat kotibi o‘rinbosari Kristina Marti Lang boshchilik qildi.

Muzokaralarda siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama hamkorlik holati va uni faollashtirishning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019-yilda Shveysariyaga tashrifini tashkillashtirish va uni muvaffaqiyatli o‘tkazishdan tomonlar manfaatdor ekanligi tasdiqlandi.

Stroitelstvo zdaniya - Sputnik O‘zbekiston
Shveysariya kompaniyasi Toshkentda besh yulduzli mehmonxona quradi

Suhbat chog‘ida savdo-iqtisodiy, investitsiya va moliya sohalarida hamkorlikni chuqurlashtirishga alohida e’tibor qaratildi. O‘zaro savdoda tovar va xizmatlar turlarini kengaytirish, qo‘shma investitsiya loyihalarini ishlab chiqish, ikki davlat biznes vakillarini hamkorlikka keng jalb etishga tomonlar tayyor ekanligi ta’kidlandi. Shu o‘rinda kelgusi yilning birinchi yarmida Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning 8-majlisini o‘tkazish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.

Uchrashuvda mintaqaviy va xalqaro muammolarning muhim jihatlari yuzasidan ham fikr almashilgan.

Shu kunning o‘zida Shveysariya Federal majlisi Milliy kengashining xalqaro parlamentlararo aloqalar xizmati rahbari Klaudiya Fisher, Federal moliya departamenti davlat kotibi Yorg Gasser va Shveysariya tashqi siyosat idorasining suv masalalari bo‘yicha yangi tayinlangan maxsus elchisi Gay Bonvin bilan muzokaralar o‘tkazildi.

Yangiliklar lentasi
0