TOShKENT, 19 noya – Sputnik. davomida Nukusdagi kafelardan birida yosh-kelin kuyovning nikoh to‘yiga tasodifan tashrif buyurdi, deb xabar qilmoqda, Kruz.uz nashri.
Ayni paytda Qoraqalpoq davlat universitetining talabalari bo‘lgan Sultan Torenov va Hurliman Arzimovalar o‘zlarining baxt tuyida shaxsan Prezidentimiz bilan uchrashib, yurtboshimizdan tabrik so‘zlarini eshitishdek ulug‘ baxtga muyassar bo‘lishdi, deb yozadi nashr.
Shavkat Mirziyoyev ushbu yoshlarning kelajakda yetuk kadrlar bo‘lib yetishib chiqishini ta’minlash, yosh oilani moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida yosh kelin-kuyovlarga yangi uy sovg‘a qilish buyicha topshiriq bergan edi.
17 noyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi M.Yerniyazov Prezident sovg‘asi — yangi kvartiraning kalitini va qimmatbaho sovg‘alarni yosh kelin-kuyovlarga, ya’ni Torenovlar oilasiga tantanali ravishda topshirdi.
— Bu bizlarning hayotimizdagi tasodifan yuz bergan eng quvonchli, baxtli va bir umrga esda qoladigan unutilmas voqea bo‘ldi. Albatta, kelajakda o‘z sohamizning yetuk kadrlari bo‘lib yetishib, yurtimiz ravnaqiga o‘z xissamizni qo‘shamiz, — deydi yosh kelin-kuyovlar.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15-16 noyabr kunlari Qoraqalpog‘istonda bo‘lib u yerda turli sohalar rivojlanishi va yangi loyihalar, mahalliy aholining turmush tarzi va kayfiyatlari bilan tanishgan edi.