Prezident sovg‘asi - Samarqandda imkoniyati cheklangan fuqarolarga uy-joylar berildi

© DarakchiV Samarkande maloimushim semyam podarili doma
V Samarkande maloimushim semyam podarili doma - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xalq qabulxonalariga uy-joy so‘rab murojaat qilgan imkoniyati cheklangan, ehtiyojmand oilalarga yordam berish maqsadida Samarqand viloyati bo‘yicha 16 fuqaroga ikki-uch xonali uylarning boshlang‘ich to‘lovi davlat tomonidan to‘lab berildi

TOShKENT, 12-avgust — Sputnik. Samarqand viloyatida uy-joyga muhtoj, jismoniy imkoniyati cheklangan 37 nafar fuqaroga O‘zbekiston prezidentining sovg‘asi – yangilangan namunaviy loyihalar asosida bunyod etilgan uy-joylar topshirildi.

Joriy yilda uy-joyga ehtiyojmand, imkoniyati cheklangan 21 nafar xotin-qizga “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyatining Samarqand viloyati hududiy filiali tomonidan tikuv mashinalari berilib, ular kasanachi sifatida ish bilan ta’minlangan edi. Ayni paytda ularning har biriga yangilangan namunaviy loyihalar asosida bunyod etilgan uy-joylar ajratildi, deb yozadi “Darakchi” nashri.

Prezident Shavkat Mirziyoyev podaril nujdayushimsya klyuchi ot jilix domov - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda jismoniy imkoniyati cheklangan fuqarolarga uy kalitlari topshirildi

Xalq qabulxonalariga uy-joy so‘rab murojaat qilgan imkoniyati cheklangan, ehtiyojmand oilalarga yordam berish maqsadida Samarqand viloyati bo‘yicha 16 fuqaroga ikki-uch xonali uylarning boshlang‘ich to‘lovi davlat tomonidan to‘lab berildi.

Viloyatda o‘tkazilgan mehr-muruvvat tadbirlari doirasida 700 nafardan ortiq imkoniyati cheklangan, yordamga muhtoj kishilarga nogironlik aravachasi, eshitish moslamasi va boshqa vositalar berildi.

Samarqand shahridagi Saxovat uyida yashayotgan kishilar holidan ham xabar olindi. Ular uchun dasturxon yozilib, kiyim-kechak va boshqa esdalik sovg‘alari berildi. Muassasada istiqomat qilayotganlarga qulaylik yaratish maqsadida zamonaviy muzlatkich va konditsionerlar sovg‘a qilindi. Samarqandlik taniqli san’atkorlar ishtirokida konsert dasturi namoyish etildi.

Yangiliklar lentasi
0