FVV Saratovdagi YTHda qurbon bo‘lgan fuqarolarning ismi shariflarini e’lon qildi

© Sputnik / Aleksey MalgavkoPosledstviya DTP v Krimu
Posledstviya DTP v Krimu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish

TOShKENT, 18 noya – Sputnik. O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligining matbuot xizmati 17-noyabr kuni Rossiyaning Saratov viloyatida poyezd va avtobus to‘qnashuvi oqibatida qurbon bo‘lgan besh nafar O‘zbekiston fuqarolarining ismi shariflarini ma’lum qildi.

Avtomobili skoroy meditsinskoy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston
Saratov viloyatida yuk poyezdi avtobus bilan to‘qnashdi: besh nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Xabarda aytilishiga ko‘ra, ushbu mudhish YTH Rossiya Federatsiyasi Saratov viloyati, Ozinsk tumani hududidan o‘tuvchi A-298 Federal avtomobil yo‘lining 225 kilometrida “Saratov – Uralsk – Kazaxstan” yo‘nalishida xarakatlanib kelayotgan  d/r KZ 271 KFB 13 «Setra» rusumli avtobusi temir yo‘l poyezdining kesishmasida  3003s sonli yuk poyezdi bilan to‘qnashib YTH sodir bo‘lgan.

Natijada, «Setra» avtobus salonida bo‘lgan 7 nafar fuqarolardan, 2 nafari (Qozog‘iston Respublikasi fuqarosi) tan jarohati olib, 5 nafari (O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari) voqea joyida vafot etgan.

Vafot etgan fuqarolar:

  • Bozorov Abdubannob Maxmutaliyevich, 1975 y.t.
  • Egamov Alimardon Qosimaliyevich, 1986 y.t.
  • Qosimova Gulxumor Jumaboyevna, 1987 y.t.
  • Xalilova Orzixon Uktamovna, 1987 y.t.
  • Zaidov Murodjon Yusupovich, 1975

Vafot etgan fuqarolarning jasadlari ayni damda Ozinskiy tumani markaziy shifoxonasi morgida saqlanmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar, Tashqi ishlar, Ichki ishlar, Sog‘liqni saqlash vazirliklari va O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi bilan hamkorlikda vafot etgan fuqarolarning shaxsiga to‘liq aniqliklar kiritish, yaqin qarindoshlariga xabar berish bo‘yicha tashkiliy ishlar amalga oshirilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0