IIBB: Ehtiyot bo‘ling Internetda chuv tushmang

© Foto : PixabyXaker
Xaker - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xorijiy firibgarlar bir necha o‘zbekistonlik ishonuvchan fuqarolarni Internetda chuv tushirishdi.

TOShKENT, 18 noya — Sputnik. Toshkent shahar IIBB O‘zbekiston aholisini Internetda avj olgan firibgarlik holatlari tufayli ehtiyot bo‘lishga chaqirmoqda.

Pokupka aviabileta - Sputnik O‘zbekiston
Samarqandda qalbaki aviachiptalarni sotgan firibgar ustidan sud hukmi o‘qildi

Huquqni saqlash organlariga murojaat qilgan Nikolay Tarasov aytishiga qaraganda u Olx.uz sayti orqali Chevrolet Epica avtomobilini sotib olmoqchi bo‘lgan . E’lon muallifi unga ushbu avtomobil Ukrainada ekanligini, agar Tarasov puli bor ekanligini tasdiqlasa, uni O‘zbekistongacha haydab borishga tayyor ekanligini aytgan. Nikolay sotuvchi nomiga 4000 $ o‘tkazgan. Shundan so‘ng sotuvchi aloqaga chiqmay qo‘ygan.

Xuddi shunday voqea Said Zoirov nomli fuqaro bilan ham sodir bo‘lgan. Unga Chevrolet Lacetti avtomobili haydab kelishni va’da berishgan.

Toshkent shahar IIBB xabarida aytilishiga ko‘ra internetda erkin savdo maydonchalarida joylashtirilgan ushbu e’lonlar mualliflari har kuni firibgarlikning turli yangi uslublarini o‘ylab topishmoqda. Shuning uchun IIBB aholidan ehtiyot bo‘lishni, notanish kimsalargan yo‘q avtomobil yoki boshqa narsalar uchun pul yubormaslikni so‘raydi.

Yangiliklar lentasi
0