Orenburgda O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan avtobus buzilib qoldi

© SputnikAvtobus Setra
Avtobus Setra - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ufadan O‘zbekistonga harakatlanayotgan avtobus “Ufa-Orenburg” avtoyo‘lining 299 kmda buzilib qoldi.

TOShKENT, 17 noya  — Sputnik. 16-noyabr kuni Oktabrskiy tumani bo‘yicha politsiya bo‘limiga “Ufa-Orenburg” avtoyo‘lining 299 kmda avtobus yo‘lning bir qismini to‘sib qo‘yganligi haqida xabar kelib tushdi. Bu haqda Orenburg viloyati IIV boshqarmasi matbuot xizmati xabar qildi.                                 

Nijniy Novgorod  - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent-Nijniy Novgorod xalqaro avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Xabarda aytilishicha, Davlat avtoinspeksiya xodimlari darhol voqea joyiga chiqishgan.

Mazkur avtobus Ufa shahridan O‘zbekiston fuqarolarini olib ketayotgani va yo‘lda buzilib qolganligi sababli to‘xtashga majbur bo‘lgani ma’lum bo‘ldi. Hodisa haqida FVV va mahalliy ma’muriyatga xabar berildi.

Voqea joyiga avtochilangar yuborildi, u kamchilikni bartaraf etgan.

“Yo‘lovchilarga Oktabrskiyga borib, isinib olish taklif etildi, biroq ular rad etishdi. Avtobus isitilgan va ularning hayotiga hech qanday xavf bo‘lmagan. Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari chet ellik fuqarolar hujjatlarini tekshirishdi, biroq migratsiya qonunchiligining buzilishi aniqlanmadi”, - deyiladi huquq tartibot organi xabarida.

Transport vositasi tuzatilganidan keyin yo‘lovchilar O‘zbekistonga yo‘l olishdi.

Yangiliklar lentasi
0