TOShKENT, 16 noya – Sputnik. Toshkent - Mumbay reysidagi samolyot yo‘lovchilardan birining ahvoli yomonlashishi tufayli Samarqand shahriga favqulodda qo‘ndi, deb xabar qildi “O‘zbekiston havo yo‘llari” matbuot xizmati.
Xabarda aytilishicha, trapda yo‘lovchini tez yordam mashinasi kutib turgan, unda u viloyat markazidagi kasalxonalardan biriga olib ketildi.
HY-427 Toshkent-Mumbay yo‘nalishidagi reys soat 00:05da Toshkent aeroportidan parvoz qilgan. Oradan ko‘p o‘tmay, samolyot Afg‘oniston hududi uzra bo‘lganida, yo‘lovchi o‘zini yomon his qila boshlagan.
Yo‘lovchining ahvolini yomonlashgani sababli ekipaj shoshilinch ravishda ortga qaytish va yo‘lovchini yirik shaharlardan biridagi eng yaqin aeroportga yetkazishga qaror qildi.
Samarqand yaqinligi va yo‘lovchini qabul qilishi mumkin bo‘lgan yirik tibbiy muassasalarga egaligi yuzasidan eng optimal variantga aylandi.
Yo‘lovchi yurak xuruji bilan kasalxonaga yotqizilgandan so‘ng, samolyot parvozni davom ettirgan va Mumbayga biroz kechikish bilan 6:15da yetib borgan.