Ayollarga gul sovg‘a qilish bu yaxshi odat, bundan o‘rnak olish kerak - Kreml

© Sputnik / Sergey GuneyevPrezident RF V. Putin vstretilsya s kanslerom FRG A. Merkel
Prezident RF V. Putin vstretilsya s kanslerom FRG A. Merkel - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Vladimir Putin Angela Merkelga gul sovg‘a qilishdan salbiy ma’no izlagan Germaniya nashriga shunday javob berdi.

TOShKENT, 21-may — Sputnik. Rossiya  prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Germaniyaning Build nashrida chop etilgan maqolaga quyidagicha izoh berdi.

Rossiyada ayollarga gul sovg‘a qilish – bu odatiy hol. Ustiga ustak, bu yerda gap xalqaro faoliyat bo‘yicha hamkasaba haqida ketmoqda. Bu kishiga bildirilgan yaxshi munosabat belgisidir. Bundan o‘rnak olish kerak, dedi Dmitriy Peskov.

Eslatib o‘tamiz, shanba kuni Sochida bo‘lib o‘tgan muzokaralar chog‘ida Vladimir Putin Germaniya kansleri Angela Merkelga bir dasta oq atirgul sovg‘a qilgan edi. Germaniya nashri esa buga qandaydir salbiy ma’no berishga urinib, “haqoratli” deb atadi.

Oldingi xabarlarida Bild Rossiya va Germaniya munosabatlarini “Diplomatik duel”ga o‘xshatgan edi.

Yangiliklar lentasi
0