Ayolni tahqirlagan San’at Umarovga 5-yilgacha qamoq jazosi berilishi mumkin

© Sputnik / Yekaterina Chesnokova / Mediabankka o‘tishPrestupnik za reshetkoy
Prestupnik za reshetkoy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
San’at Umarovga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 3 ta moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

TOShKENT, 14 noya - Sputnik. Bugun, 14-noyabr kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyat sudida Kattaqo‘rg‘on shahar IIBning sobiq xodimi San’at Umarov ustidan sud jarayoni davom etdi, deb xabar qildi RIA Novosti sud organlari vakili bergan ma’lumotlariga tayangan holda.

Tahqirlangan ayol: San’at Umarovga hech qanday da’vom yo‘q

“Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyat sudida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 206-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish) 1-qismi, 235-moddasi (qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llash), 2-qismi “a” va “z” bandlarida hamda 241-1 moddasida (jinoyatni hisobga olishdan qasddan yashirish) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanayotgan San’at Umarovga nisbatan sud jarayoni bo‘lib o‘tmoqda”, - dedi sud vakili.

O‘tgan vaqt davomida ayblov xulosasi o‘qib eshittirildi, sudlanuvchi S. Umarov va jabrlanuvchi N. Toshmatovaning ko‘rsatmalari tinglandi.

Sud tergovi o‘tkazilib, unda guvohlar so‘roq qilindi. Sud jarayoni davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahar ichki ishlar bo‘limi jinoyat qidiruv bo‘limi tezkor vakili kapitan San’at Umarov o‘g‘irlikda gumon qilingan ayolni IIB binosida tahqirlagani tasvirlangan lavha internetda tarqalgan va katta shov-shuvga sabab bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0