TOShKENT, 14 noya - Sputnik. Rossiya va Qozog‘iston chegarasidagi "Troisk" nazorat punktida xurmo mevalari ortilgan 10ta yuk avtomobili to‘xtatib qolindi.
Haydovchilar aytishiga qaraganda, O‘zbekiston va Tojikistonda yetishtirilgan xurmo mevalari Rossiya shaharlari tomon yo‘l olgan bo‘lgan.
Rosselxoznadzor xodimlari xabariga ko‘ra, to‘xtatib qolingan yuk avtomobillaridan 4tasida mevalar qutilarida belgilangan tartibda mahsulot nomi, kelib chiqish mamlakati va joyi yozilgan etiketkalar bo‘lmagan. Qolgan 6ta yuk avtomobilida ortilgan xurmoning esa - xalqaro standartdagi kelib chiqish sertifikati bo‘lmagan.
Shu sababli yuk avtomobillari to‘xtatib qolingan, yuk egalari ma’muriy javobgarlikka tortilgan mevalar esa kelib chiqish mamlakatiga qaytarilgan.