Qozog‘istonga O‘zbekistondan keltirilgan xurmo kiritilmadi

© Sputnik / Nina Zotina / Mediabankka o‘tishXurma "Korolek"
Xurma Korolek - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qozog‘istonga karantin ostiga tushgan O‘zbekiston xurmosi kiritilmadi. Ushbu meva eksport qiluvchilar hududiga qaytarib yuborildi.

TOShKENT, 16 okt - Sputnik. Qozog‘iston uch kun muddat ichida qator respublikalardan keltirilgna karantin ostiga tushgan mahsulotlar to‘xtatib qolindi, deb xabar qildi Qozog‘iston qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati.

“2018 yil 10-12 oktabr kunlari davomida o‘simliklar karantini davlat inspektorlari tomonidan 29 ta noqonuniy olib kirish holatda jami 165,5 tonna karantin ostida tushgan mahsulotlar to‘xtatib qolindi. Mahsulotlar Rossiya, Qirg‘iziston va O‘zbekistondan keltirilgan”, - deyilgan vazirlik xabarida.

Tekshiruv vaqtida O‘zbekistondan keltirilgan 2,5 tonna xurmoda karantin obyekt (Pseudococcus comstocki, Kuwana) borligi aniqlandi.

Ushbu holatlar yuzasidan qoidabuzarlar ma’muriy javobgarlikka tortildi.

Karantin ostiga tushgan mevalar esport qiluvchilar hududiga qaytarildi.

Yangiliklar lentasi
0