2018 yilda O‘zbekistondan Rossiyaga 3,4 million kishi kelgan

© Sputnik / Aleksey Filippov / Mediabankka o‘tishPribitie poyezda Tashkent-Moskva
Pribitie poyezda Tashkent-Moskva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu yilning 9 oyi davomida O‘zbekistondan Rossiyaga jami 3,4 million kishi kelgan, ulardan 1,5 millioni – mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida.

TOShKENT, 14 noya – Sputnik. “Rossiya Migrantlar federatsiyasi” 2018-yilning 9 oyida Rossiyaga kirib kelgan xorijiy fuqarolar soni haqida ma’lumot tarqatdi, deb xabar qilmoqda Sputnik Tojikiston.   

Xabarda aytilishiga ko‘ra, Rossiyaga kirib kelgan xorijliklar soni bo‘yicha birinchi o‘rinni – O‘zbekiston egallagan. Ushbu yilning yanvar-sentabri davomida O‘zbekistondan Rossiyaga jami 3,4 million kishi kelgan, ulardan 1,5 millioni – mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida.

Deti - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda migrant ayollarning bolalari himoyaga olinadi

Ikkinchi o‘rinda Tojikiston, u yerdan Rossiyaga 1 745 554 kishi, shundan 790 116 kishi ishlash maqsadida kelgan.

Uchinchi o‘rinni Ukraina egalladi (Rossiyaga ishlash maqsadida 347 272 kishi borgan), to‘rtinchi o‘rindan Qirg‘iziston (247 658 kishi) joy oldi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi delegatsiyasi Rossiya ichki ishlar vazirligida muzokaralar olib borgan edi. Tomonlar O‘zbekiston mehnat migrantlarini Rossiyaga kelish tartibini soddalashtirish va O‘zbekistonda Ko‘p tarmoqli migratsiya markazi tashkil qilish  masalalarini muhokama qilishgan edi. 

Yangiliklar lentasi
0