TOShKENT, 13 noya - Sputnik. 2019 yildan boshlab Rossiyaning Oltoy o‘lkasidan O‘zbekistonga Qizil cho‘l zotli yirik qoramollarni olib kelish rejalashtirilmoqda, deb xabar qildi Oltoy hukumati matbuo xizmati, qishloq xo‘jaligi vaziri Aleksandr Chebotayevning so‘zlariga asoslanib.
Chebotayevning so‘zlariga ko‘ra, 18-19 oktabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tgan birinchi Rossiya va O‘zbekiston Hududlararo hamkorlik forumida O‘zbekistonga Oltoy chorvalarini yetkazib berish to‘g‘risida dastlabki kelishuvga erishilgan.
“Keyingi yildan boshlab Oltoy o‘lkasi O‘zbekistonga qizil cho‘l zotli yirik qoramollarni yuborishni rejalashtirmoqda”, - dedi Chebotayev.
Oltoy o‘lkasi qishloq xo‘jaligi korxonalari zotli chorva bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik statusida faoliyat yuritishga 51ta litsenziyaga ega, shu jumladan sut va go‘shtli chorvachilikka ham. Yil boshidan boshlab zotli chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi xo‘jaliklar 4 mingdan oshiqroq bosh chorva sotishgan.
Ularning faqat yarmi mintaqa ichida sotilgan. 600 yaqin hayvonlarni yosh fermer va oilali chorvachilik fermalarini qo‘llab-quvvatlash dasturi bo‘yicha grant sohiblari sotib olishgan.