Isroil falastinliklarni Gaagadagi xalqaro sudga murojaatini noqonuniy deb topmoqda

© AP Photo / Mike CorderTreteyskiy sud v Gaage
Treteyskiy sud v Gaage - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Falastinliklar tinchlik jarayonini yangilash ustida ishlash o‘rniga, suddan siyosiy maqsadlarda foydalanishda davom etmoqda", — deyilgan Isroil vazirligi xabarida

TOShKENT, 22-may — Sputnik. Isroil Tashqi ishlar vazirligi falastinliklarning isroilliklar sodir etgan jinoyatlarni o‘rganishni so‘rab Xalqaro jinoiy sudga yo‘llagan murojaatini "yuridik ahamiyatga ega bo‘lmagan, behayo qadam" sifatida baholadi.

Isroil Tashqi ishlar muassasasi bayonotida Isroil-Falastin ishini ko‘rish masalasi Gaaga tribunali yurisdiksiyasiga kirmasligi ta’kidlangan.

"Falastinliklar tinchlik jarayonini yangilash ustida ishlash o‘rniga, suddan siyosiy maqsadlarda foydalanishda davom etmoqda", — deyilgan Isroil vazirligi xabarida.

Ilgariroq, seshanba kuni Falastin TIV rahbari Riyod al-Maliki Isroil harakatlari tufayli Xalqaro jinoiy sudga murojaat yo‘llab, "Falastin rasmiylari va Falastinning boshqa fuqarolari tomonidan Falastin Davlati hududida amalga oshirilgan jinoyatlarni" o‘rganishni boshlash uchun yetarlicha asos borligi haqida bayonot qilgan edi.

"Shuni ta’kidlash joizki, falastinliklarning harakati yuridik kuchga egamas, sud esa Isroil-Falastin masalasida yurisdiksiyaga ega emas. Chunki Isroil sudning ishtirokchisi emas, Falastin ma’muriyati esa davlat hisoblanmaydi", — deb javob qilgan bunga Isroil Tashqi ishlar vazirligi.

"Isroil Xalqaro jinoiy sud va uning prokurori Falastin bosimiga berilmaydi, va Falastinning sud harakatlarini siyosiylashtirish harakatlariga va uning mandatini obro‘sizlantirish singari urinishlariga qat’iy qarshi turadi", — deyiladi bayonotda.

Yangiliklar lentasi
0