Yekaterinburgda O‘zbekiston yangi konsulxonasi ochildi

© Sputnik / Pavel Lisisin / Mediabankka o‘tishSmotrovaya ploshadka na neboskrebe "Visoskiy" v Yekaterinburge
Smotrovaya ploshadka na neboskrebe Visoskiy v Yekaterinburge - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2018 yilning fevral oyidan Sankt-Peterburgda ham O‘zbekiston konsulxonasi o‘z faoliyatini boshlagan edi.

TOShKENT, 13 noya — Sputnik. Bugun Yekaterinburgda O‘zbekiston Respublikasi yangi Bosh konsulxonasi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti. 

“Marosim mahalliy vaqt bilan soat 10:30da boshlandi. Unda O‘zbekistonning Rossiyadagi favqulodda va muxtor elchisi Botirjon Asadov ishtirok etdi. Yangi Bosh konsulxonada O‘zbekiston bayrog‘i ko‘tarildi”, - deyilgan xabarda.

Moskvadagi  O‘zbekiston elchixonasining rasmiy vakili Sputnik muxbiriga bergan xabariga ko‘ra, konsulxonaning rasmiy ochilish marosimiga bag‘ishlangan tantanali qabul marosimi kechgi soat 19:00 da bo‘lib o‘tadi.

Djaxongir Irgashev - Sputnik O‘zbekiston
Peterburgdagi bosh konsul: biz svetofor burchagida pasport bermaymiz

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning Rossiya hududidagi konsulxonalarining asosiy vazifasi - Rossiyada doimiy yoki vaqtincha yashayotgan O‘zbekiston fuqarolarining huquq va manfaatlarini himoya qilishdir. Yekaterinburgdagi yangi Bosh konsulxona Ural federal okrugiga xizmat ko‘rsatadi. 

2018 yilning boshida, fevral oyida Sankt-Peterburgda O‘zbekiston yangi Bosh konsulxonasi o‘z faoliyatini boshlagan edi.

O‘zbekiston turizmni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi xabariga ko‘ra, bugun Yekaterinburgda  “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil” namoyish loyihasi doirasi bir qator tadbirlar ham bo‘lib o‘tadi. Bundan oldin shunday tadbirlar Novosibirskda bo‘lib o‘tgan edi. Kelajkda ularni Qozon va Ufa shaharlarida ham o‘tkazish rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0