Olimlar kechki ovqatlanish qanday kasalliklarga olib kelishi mumkinligini aytishdi

© Sputnik / Vitaliy AnkovPrazdnovanie Mejdunarodnogo dnya studenta vo Vladivostoke
Prazdnovanie Mejdunarodnogo dnya studenta vo Vladivostoke - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh mutaxassislari diabet, semizlik, gipertoniya va ovqat iste’mol qilish vaqtlari bilan bog‘liqlikni o‘rganib chiqishga qaror qilishdi.

TOShKENT, 12 noya — Sputnik. Kechki ovqatlanish inson biologik ritmlarini buzilishi oqibatida yurak-qon tomir kasalliklari va diabetni keltirib chiqarishi mumkin. Bunday xulosaga Amerika kordiologik uyushmasining olimlar guruhi kelishdi. Bu borada tadqiqot natijalari LiveScience portalida berilgan. RIA Novosti xabariga asosan.

Vo vremya operatsii v otdelenii eksimerlazernoy xirurgii - Sputnik O‘zbekiston
Olimlar ko‘rish qobiliyatini yaxshilaydigan mahsulotlarni aniqlashdi

Mutaxassislar diabet, semizlik, gipertoniya va ovqat iste’mol qilish vaqtlari bilan bog‘liqlikni o‘rganib chiqishga qaror qilishdi.

Eksperiment natijalari 12,7 mingdan ortiq 18-76 yoshdagi latinoamerikaliklar tibbiy tadqiqot ma’lumotlarga asoslanadi. Shifokorlar ikki kun davomida inson sog‘ligi va taom yeyish vaqtiga doir ma’lumotlarini solishtirishdi.

Tadqiqotchilar 18-00 dan keyin ovqat iste’mol qilganlarda qon tarkibida shakar va insulin tarkibi yuqori darajada bo‘lishi va yuqori bosim bo‘lishini aniqlashdi. 18-00 gacha iste’mol qiladigan insonlarda bu ko‘rsatkich nisbatan kam bo‘ladi.

Kechki ovqatlanishni xush ko‘radiganlarning 19 foizi preddiabet rivojlanishi va 23 % gipertoniya kasalligi rivojlanishi ehtimoli ko‘proq.

Tadqiqot yetakchi muallifi Nur Makaremning so‘zlariga ko‘ra, bu holat noto‘g‘ri hayot kechirishi oqibatida inson biologik ritmlarini buzilishi, bu o‘z navbatida inson modda almashinuvi va surunkali kasalliklar xavfini oshiradi.

Ilgari RIA Novosti ekspertlari kech payt ovqatlanish, ayniqsa uyqudan oldin surankali kasalliklarni rivojlanishi, semizlik va saraton kasalligini keltirib chiqarishi mumkinligini ma’lum qilishgandi.

Yangiliklar lentasi
0