O‘zbekistonga kelayotgan rossiyalik turistlar oqimi 1,3 baravarga oshdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovTuristi na ulitsax Buxari
Turisti na ulitsax Buxari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘tgan to‘qqiz oy ichida Rossiyadan O‘zbekistonga o‘rtacha 350 ming nafar turist tashrif buyurgan.

TOShKENT, 12 noya – Sputnik. O‘zbekistonga 2018-yilning yanvar oyidan sentabr oyigacha 350 ming rossiyalik turistlar tashrif buyurgan - bu o‘tgan yilga nisbatan 1,3 barobar ko‘p. Bu haqda Rossiyadagi O‘zbekiston elchisi Botirjon Asadov Novosibirskdagi mamlakatning turistlik imkoniyatlari prezentatsiyasida ma’lum qildi.

“O‘tgan to‘qqiz oy ichida O‘zbekistonga tashrif buyurganlar umumiy soni 3,9 milliongacha oshdi. Faqat to‘qqiz oy ichida rossiyalik turistlar soni o‘rtacha 350 minggacha yetgan. Ushbu ko‘rsatgich o‘tgan yili 270 ming kishini tashkil qilgandi”, – dedi elchi.

O‘zbekiston delegatsiyasi ma’lumotiga ko‘ra, o‘tgan yil davomida mamlakatga 1,9 million turist tashrif buyurgan. Asadov O‘zbekiston turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi turistlarni jalb qilish bo‘yicha faol ishlarni boshlab yuborganini, agar 2017-yil atiga 128 ta turoperatorlar bo‘lgan bo‘lsa, joriy yilning yanvar va sentabr oyida mamlakat bo‘ylab 190 dan oshiqroq yangi turoperatorlar o‘z fa’oliyatlarini boshlaganini qayd etdi.

Turisti na ulitsax Buxari - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyalik turistlar Yangi yil bayramida yoppasiga O‘zbekistonga otlangan

Elchining so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston vizasini olish tartibi ancha osonlashtirilgan. Undan tashqari, bugungi kunda 101 davlat fuqarolari O‘zbekistonda besh kun vizasiz qolishlari mumkin, mamlakatga vizasiz kirish davlatlar soni esa 17taga oshgan.

“Kuni kecha O‘zbekiston parlament delegatsiyasi Mosvaga tashrif buyurgandi. Parlamentariylarimiz xalqaro hamkorlikni muhokama qilishganda, turizm sohasida ham alohida to‘xtalib o‘tishdi. Bolalar turizmi g‘oyasi o‘rtaga tashlangandi. O‘zbekiston bolalar dam olishi uchun katta imkoniyatlarga ega. O‘ylaymanki, turizmni ushbu turi rus yosh avlodiga mamlakatimiz bilan tanishish imkonini bergan bo‘lardi va bizning farzandlarimiz Rossiyaga borishlari mumkin bo‘lardi”, – dedi Asadov.

Turisti gulyayut po Tashkentu - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent rossiyalik turistlar uchun eng ommabop yo‘nalishlar ro‘yxatidan joy oldi

O‘z navbatida Novosibirsk viloyati iqtisodni rivojlantirish vazirligi rahbari Olga Molchanova O‘zbekiston va Rossiyaning bu Sibir mintaqa o‘rtasidagi o‘zaro turizmni rivojlanish katta imkoniyatga egaligi hamda mintaqaning O‘zbekiston bilan tovarayriboshlash hajmini oshirish uchun barcha imkoniyatlari mavjudligini qayd etdi. Novosibirk viloyati o‘zbek gazlamalari, sabzavotlari va mevalariga ehtiyoji bor. Shu o‘rinda O‘zbekistonga turli xil mahsulot, shu jumladan o‘simlikni himoyalash vositalari va tibbiy asbob-uskunalar yetkazib berishga tayyor. Novosibirsk viloyatida hozirda 267 ta o‘zbek talabalari ta’lim olishmoqda.

Shuningdek, O‘zbekiston delegatsiyasi “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil” loyihasi doirasida mamlakatning turistlik imkoniyatini namoyish qilish maqsadida Yekaterinburg, Ufa va Qozon shaharlariga ham tashrif buyurishadi.

Yangiliklar lentasi
0