Toshkent rossiyalik turistlar uchun eng ommabop yo‘nalishlar ro‘yxatidan joy oldi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovTuristi gulyayut po Tashkentu
Turisti gulyayut po Tashkentu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
TurStat agentligi rossiyalik turistlar eng ko‘p tashrif buyuradigan MDH shaharlari reytingini tuzdi

TOShKENT, 24-iyul – Sputnik. TurStat agentligi rossiyalik turistlar eng ko‘p tashrif buyuradigan MDH shaharlari reytingini tuzdi.

Yoz mavsumidagi sayohatlar tahlili natijalariga ko‘ra, yuqori o‘nlikdan Boku, Minsk, Olmaota, Yerevan, Ostona, Bishkek, Toshkent, Kishinyov, Dushanbe va Ashxobod shaharlari joy oldi.

Reytingda birinchi o‘rinda Boku, oxirgi o‘rinda Ashxobod joylashdi.

Turistlar MDH shaharlariga ikki-uch kunga kelishadi, so‘ngra Kaspiy dengizi bo‘yiga, Olmaotadagi Chimbuloq tog‘ kurortiga, Toshkent yaqinidagi Chorvoq dam olish zonasi yoki Qirg‘izistondagi Issiqko‘lga yo‘l olishadi.

Sayohati davrida rossiyalik turistlar yashash va ovqatlanish uchun sutkasiga o‘rtacha 50-100 dollar pul sarflashadi.

Yoz mavsumida eng ko‘p pul sarflanadigan shaharlar Kishinyov va Bishkek, xarid uchun eng qulay shaharlar Boku va Ostona deb topildi.

Yangiliklar lentasi
0