TOShKENT, 14 sen – Sputnik. Rossiya bosh vazir o‘rinbosari Yuriy Borisov Hindistonda atom elektr stansiyasini qurish uchun yangi maydon ajratish masalasi muhokama qilinganligi ma’lum qildi.
“Biz rossiya dizayni bo‘yicha atom elektr stansiyalarini qurish va foydalanishni qo‘llab-quvvatlash sohasida hamkorlik qilishni davom etamiz, navbatdagi bunday stansiyani qurish uchun yangi maydon ajratilishi muhokama qildik”, - deb ta’kidladi jurnalistlarga Borisov ikki tomonlama hukumatlararo komissiya yig‘ilishi yakunida.
Rossiya-Hindiston iqtisodiy hamkorligining yirik obyekti “Kudankulam” atom elektr stansiyasi hisoblanadi. Rossiya ishtirokida stansiyaning birinchi ikkita energiya bloki qurilgan va ishga turishilgan.
Shu yil iyun oxirida “Kudankulam” AES uchinchi blokini qurilishi uchun asosiga beton plitasini quyish marosimi o‘tkazilgandi. Bu AESning qurilish ishlarining ikkinchi bosqichi boshlanishi hisoblanadi.
2014 yil dekabrida Moskva va Deli Hindistonda Rossiya texnologiyalari bo‘yicha energiya bloklarini qurish bo‘yicha strategik hamkorlik bo‘yicha hujjat imzolangandi.
Hujjatda Hindistonda Rossiya ishtirokida quriladigan yangi AES bloklari rejalari aks etgan. Strategik maqsad – Hindistonda 20-yil ichida Rossiya dizayni bo‘yicha kamida 12 ta blok barpo etishdir.