TOShKENT, 22 okt - Sputnik. Nitratga boy bo‘lgan sabzavotlarni har kuni iste’mol qilish bu odam ko‘rish qobiliyatini yaxshilaydi va ko‘z kasalliklarini oldini oladi. RIA Novosti xabariga asosan.
Uestmid tibbiyot tadqiqot instituti olimlarining guruhi bunday xulosaga keldi.
Bu yo‘nalishda tadqiqot 15-yil davomida o‘tkazildi. Unda Avstraliyaning 49 yoshdan katta bo‘lgan 2 mingdan ortiq kishi ishtirok etdi.
Kuniga 100-142 milligramm sabzavot nitrati iste’mol qilganlarda makulodistrofiya paydo bo‘lish xavfi ikki barobarga kamroq iste’mol qilganlarga qaraganda 35 foizga kam bo‘lgan.
Sariq dog‘ degeneratsiyasi (makulodistrofiya) - yoshga bog‘liq bo‘lgan kasallik bo‘lib, bunda ko‘rish qobiliyati yomonlashadi.
Bundan avval olimlar sitrus mevalarni haftada kamida bir marta iste’mol qilish ko‘z sechatkasini degenaratsiyadan himoya qilishga yordam berishi mumkinligini aniqlashgan.