TOShKENT, 11 noya – Sputnik. O‘zbekstonning kelajakdagi iqtisodiy rivojlanish taqdiri - o‘z qo‘lida, dedi Xalqaro valyuta fondi vakli Yuxa Kaxkonnen Toshkentda O‘zbekiston banklari va Xalqaro valyuta fondi vakillari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvi chog‘ida, Sputnik muxbiri xabariga asosan.
“Bugungi mavjud sharoitlarda O‘zbekiston iqtisodiy rivojlanishiga tashqi faktorlar kam darajada ta’sir qiladi va rivojlanish, asosan, O‘zbekiston ichida o‘tkazilayotgan islohotlar natijalariga bog‘liq bo‘ladi”, - dedi Kaxkonnen.
Shuningdek, MVF vakili O‘zbekistonning hududdagi boshqa mamlakatlarga nisbatan tashqi davlat qarzining nisbatan kamligi va katta potensiali borligiga e’tibor qaratdi.
O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan soliq islohoti borasida berilgan savolga MVF vakili quyidagicha javob berdi.
“O‘zbekistonda kutilayotgan soliq islohoti soliq to‘lovchilar tarkibini kengaytirishga, soliqlar yig‘ishni yaxshi va shaffosh qilishga olib kelishi kerak.
Shu bilan birga, bugungi kunda soliq to‘layotgan iqtisodiyot subyektlariga nisbatan soliq bosimining oshishiga olib kelmasligi kerak. Aks holda, aksincha natija - daromadni soliqdan yashirish kelib chiqishi mumkin”, - dedi Yuxa Kaxkonnen soliq islohoti borasida berilgan savolga javoban.
Shu bilan birga, Yuxa Kaxkonnen O‘zbekiston Markaziy banki faoliyatini ijobiy baholab, mamlakatla islohotlar o‘tkazilayotgan murakkab sharoitda O‘zbekiston Markaziy banki to‘g‘ri moliyaviy siyosat olib borib, inflyatsiya miqdorini imkon qadar past darajada ushlab turishga muvaffaq bo‘layotganini e’tirof etdi.
Shuningdek, XVF vakili bugungi kunda xalqaro valyuta bozorida turli o‘zgarishlar bo‘lishi mumkinligi, ayniqsa valyuta kreditlarining narxi kutilmaganda keskin oshishi mumkinligini O‘zbekiston bankirlariga yana bir bor eslatib o‘tdi. Kaxkonnen aytishiga qarganda bu xorijiy moliya tashkilotlari tomonidan dollarda berilayotgan kreditlar bo‘yicha %larning keskin oshishiga olib kelishi mumkin.
Bu degani - bugun xorijiy valyutada kredit olganda ertaga uni (dollar kursining keskin oshishi oqibatida) 120 % emas 200 % yoki undan ortiq qilib qaytarishga to‘g‘ri kelish ehtimoli bor degani.