Huquqni saqlash organlaridan himoya topmagan fuqaro OAVga murojaat qildi

© Sputnik Sputnik / Tabildi Kadirbekovkulak, arxivnoe foto
kulak, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Samarqandda ayol kishini urib hushidan ketkizgan IIB xodimiga hech kim jazo berishni istamayapti.

TOShKENT, 11 noya – Sputnik. Samarqand shahri, “Hayot obod” mahallasida yashovchi fuqaro Salim Saidov o‘g‘li va turmush o‘rtog‘ini sababsiz urgan Ichki ishlar xodimi Rifat Hasanov ustidan huquqni saqlash organlariga bir necha bor murojaat qilishiga qaramasdan, hech qanday natija bo‘lmagani tufayli  - “Daryo”  nashriga murojaat qildi.

Quyida jabrlanuvchi maktubidan bir necha lavha keltiramiz:

Uzbekskie militsioneri vozle doma - Sputnik O‘zbekiston
Olmaliqdagi ichki ishlar xodimi bilan bog‘liq holat bo‘yicha rasmiy izoh berildi

“19 oktabr kuni soat 21:30 atrofida mashg‘ulotdan qaytayotganimda uyimiz yaqinida bir mast kishi so‘kinib, qo‘pol so‘zlar ishlatib meni chaqira boshladi. Avvaliga u boshqa birovni haqoratlayotgan bo‘lsa kerak deb yo‘limda indamasdan davom etdim. Biroq, noma’lum odam senga gapirapman deb oldimga kelib kutilmaganda menga tashlanib qoldi. Yoshi katta insonga ‘aka, meni nega urayapsiz?’ — dedim va indamay yo‘limda davom etdim. Meni nima sababdan urganligini ochig‘i tushunmadim. U odamni, to‘g‘risi, tanimayman ham. Ko‘chamizdagi shovqindan so‘ng qo‘ni-qo‘shnilar chiqishdi. U odam uyimiz oldiga kelib, meni yana haqoratlab ura boshladi”, -  deydi Samariddin Samatov Salim Saidovning o‘g‘li.

“Ko‘chadagi shovqinni eshitib tashqariga chiqsam, noma’lum erkak o‘g‘limni urayotgan ekan. O‘g‘limga, "mast ekan, indamay uyga kir" deb uni ichkariga olib kirmoqchi bo‘ldim. Shu vaqtda o‘sha fuqaro kutilmaganda chap jag‘imga bir musht tushirdi. Kuchli zarbdan yiqilib tushdim. Yiqilganimdan so‘ng qancha muddat hushumni yo‘qotganimni eslay olmayman. Hushimga kelganimda urgan erkak voqea joyidan qochib ketganligini bildim”, - deydi Surayyo Ashuraliyeva - Salim Saidovning turmush o‘rtog‘i.

Militsiya - Sputnik O‘zbekiston
Ichki ishlar xodimlari bilan mojaro chiqarganlarning barchasi mast holda bo‘lgan – Toshkent ShIIB

Salim Saidovning bildirishicha, voqea sodir bo‘lgan kuni fuqaroning kimligi, qayerda va nima ish qilishini bilmagan. Voqeaga guvoh qo‘shnilar orqali u fuqaro 42-uyda yashashini bilgandan so‘ng oradan ikki kun o‘tib o‘g‘li va ayolini urgan shaxs Rifat Hasanov ekanligi, u kishi IIBda ishlashini aniqlagan.

Voqeaga guvoh bo‘lgan Surayyo Ashuraliyevaning qo‘shnisi M.M.ning (ismini sir saqlashni so‘radi) ta’kidlashicha, yosh bola va ayol kishini urgan Rifat Hasanov o‘sha kuni mast bo‘lgani sababli uni rafiqasi voqea joyidan olib ketolmagan.

Salim Saidovning ta’kidlashicha, voqea sodir bo‘lgan kuni soat taxminan 24:00 atrofida Samarqand shahridagi 4-son Ichki ishlar bo‘limiga murojaat qilgan. Biroq, bo‘limdagi navbatchi xodimlar ayol kishini urgan fuqaro ichki ishlar xodimi ekanligi sababli ular o‘z hamkasbining ustidan qilingan shikoyat arizani qabul qila olmasligini bildirgan. IIB xodimi ustidan arizani shahar prokuraturasiga yo‘llashi lozimligini aytishgan.

“Menga alam qiladigani, Rifat Hasanov hech qanday sababsiz o‘g‘limni urgan. Bu ham yetmaganidek, turmush o‘rtog‘imga musht tushirib, uni hushidan ketqazgani jahlimni chiqarapti. Ichki ishlar xodimi degani istagan odamini hech qanday sababsiz uraveradi degani emasku?

To‘g‘risi, bu voqea bo‘yicha hech qayerga murojat qilmoqchi emasdim. Qo‘shni ekan, ertaga yuz ko‘zga tushadi deb andisha qilib turgandim. Ammo shuncha gap-so‘zdan keyin ham bir og‘iz kechirim so‘ramagani menga alam qildi. Shu sababli sizlarga murojat qildim”, - deydi Salim Saidov.

Voqeaning barcha tafsilotlari bilan quyida tanishishingiz mumkin.

Yangiliklar lentasi
0