Putin: Yevropa o‘z qurolli kuchlariga ega bo‘lishni xohlashi – tushunarli va tabiiy holdir  

© Press-slujba Prezidenta RF / Mediabankka o‘tishRabochiy vizit prezidenta RF V. Putina vo Fransiyu
Rabochiy vizit prezidenta RF V. Putina vo Fransiyu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bu ijobiy jarayon va dunyoda yagona emas bir necha kuch markazlarini  mustahkamlashga xizmat qiladi, - dedi Putin.

TOShKENT, 11 noya – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Yevropaning o‘z armiyasiga ega bo‘lish haqidagi g‘oyani qo‘llab-quvvatladi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Sammit YeS v Brussele - Sputnik O‘zbekiston
Makron umumiy Yevropa armiyasini tuzishni taklif qildi

“Umumevropa harbiy qo‘shnlari masalasiga kelsak, bu yangi g‘oya emas. Janob Makron aytgan ushbu g‘oyani menga bir necha yil oldin Jak Shirak ham aytgan edi. Yevropa – kuchli iqtisodiy ittifoq. Ular mustaqil, o‘zini-o‘zi himoya qila oladigan, suveren bo‘lishni istaydi. Bu tushunarli va tabiiiy hol”, - dedi Rossiya prezidenti RT France telekanaliga.

“Umuman olganda bu ijobiy jarayon va dunyoda yagona emas bir necha kuch markazlarini  mustahkamlashga xizmat qiladi”, - deb qo‘shimcha qildi Putin.

Eslatib o‘tamiz, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron 6-noyabr kuni Yevropa Ittifoqi o‘z armiyasiga ega bo‘lishi kerak degan fikr bildirgan edi.

“O‘z qurolli kuchlarimizga ega bo‘lmasak, biz Yevropani va yevropaliklarni himoya qila olmaymiz. Bizning AQShdan xoli bo‘lgan o‘z mustaqil armiyamiz bo‘lishi kerak. Biz Xitoydan, Rossiyadan va hatto AQShdan o‘zimizni himoya qilishimiz kerak”, - degan edi Makron “Europe 1” radiostansiyasi efirida.

Makron aytishiga qaragandan oxirgi vaqtlarda turli kuchlar Yevropa ichki demokratik jarayonlariga va kiberhududiga aralashishga harakat qilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0