Toshkent tumanlaridan birida pensioner ayol is gazidan zaharlanib vafot etdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovAvtomobil skoroy pomoshi
Avtomobil skoroy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Is gazi xonadan mo‘ri chiqarilmaganligi sababli uy ichiga to‘plangan

TOShKENT, 10 noya - Sputnik. Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida bir ayol is gazidan zaharlanib vafot etdi, deb xabar qildi O‘zbekiston IIV matbuot-xizmati.

Jaxongir Artikxodjayev, ispolnyayushiy obazannosti xokima goroda Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Artikxodjayev Yunusobod "raygaz" rahbarini majlis zalidan nega quvib yubordi?

Ta’kidlanishicha, hodisa 8-noyabr kuni Yangiovul qishlog‘ida sodir bo‘lgan.

Pensioner kampir ikki nafar voyaga yetmagan nabiralari bilan birga uxlab yotganida uyi oshxonasiga o‘rnatilgan gaz yordamida isitiladigan suv isitish moslamasidan (AGV) sizib chiqqan is gazidan zaharlangan.

Is gazi xonadan mo‘ri chiqarilmaganligi sababli uy ichiga to‘plangan va natijada kampir zaxarlanib voqea joyida vafot etgan, nabiralari esa kasalxonaga yotqizilgan.

Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 31-oktabr kuni Toshkentning Chilonzor tumanida bir kechada bir oilaning to‘rt farzandi is gazidan o‘tkir zaharlanib vafot etgandi.

Voqeadan so‘ng hukumat maxsus komissiyasi tuzildi. Uning oldiga shaxsiy uylarda isitish pechlari va isitish tizimlarini tekshirish va nazorat qilish vazifasi yuklatildi.

Komissiyaga O‘zbekiston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatov rahbar qilib tayinlangandi.

Yangiliklar lentasi
0