Xakerlar hujumiga uchragan O‘zbekiston saytlari faoliyati tiklandi

© Foto : PixabyXaker
Xaker - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kuni kecha O‘zbekistondagi qator davlat saytlari xakerlar hujumi sababli ishlamay qolgan edi

TOShKENT, 21 noya — Sputnik. Dushanba kuni ertalab O‘zbekistonning bir qator davlat saytlariga kiberhujumlar amalga oshirilgan edi. Ayni vaqtda saytlar faoliyati to‘liq tiklangani ma’lum qilindi.

Zadumchivaya jenshina - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda kompyuter kiberhujumiga uchraganlar uchun ishonch telefoni joriy etildi
"Axborot xavfsizligi sohasidagi mutaxassislar tomonidan ko‘rilgan tezkor choralar natijasida hujumlar oqibatlari bartaraf etilib, hozirda zararlangan axborot resurslari to‘laqonli rejimda ishlamoqda. Shuningdek, istiqbolda himoya choralarini ishlab chiqish uchun ushbu kiberhujumlarning uyushtirilishi sabablari hamda usullari yaqindan tadqiq qilinmoqda, — deyiladi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati xabarida.

UZINFOCOM markazi hamda Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlashga ko‘maklashish markazi saytlarning so‘nggi dolzarb talqinlarini qayta tiklash bo‘yicha choralarni ko‘rganligi ta’kidlangan.

Yangiliklar lentasi
0