Toshkent tumanida besh kishi is gazidan zaharlandi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovGazovaya plita
Gazovaya plita - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hozirda hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

TOShKENT, 9 noya — Sputnik. Toshkent tumanining “Oydinhayot” mahallasida yashovchi K.I. ismli ayolning uyi yerto‘lasiga o‘rnatilgan “Nefit” rusumli isitish pechi mo‘risidan 7-noyabr kuni sizib chiqqan is gazidan o‘zi va birga yashovchi qizi, ikki nafar nabirasi va mehmonda bo‘lgan qarindoshi zaharlanib kasalxonaga yotqizilgan. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar qildi.

Jaxongir Artikxodjayev, ispolnyayushiy obazannosti xokima goroda Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Artikxodjayev Yunusobod "raygaz" rahbarini majlis zalidan nega quvib yubordi?

Xabarda aytilishicha, hozirda ushbu hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 31-oktabr kuni Toshkentning Chilonzor tumanida bir kechada bir oilaning to‘rt farzandi is gazidan o‘tkir zaharlanib vafot etgandi.

Voqeadan so‘ng hukumat maxsus komissiyasi tuzildi. Uning oldiga shaxsiy uylarda isitish pechlari va isitish tizimlarini tekshirish va nazorat qilish vazifasi yuklatildi.

Komissiyaga O‘zbekiston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatov rahbar qilib tayinlangandi.

Yangiliklar lentasi
0