TOShKENT, 8 noya – Sputnik. Tojikistonning Tog‘li – Badaxshon avtomnom okrugining Xorug‘ shahrida mahalliy aholi shahardagi davlat avtomobil nazorati posti o‘rnatilishiga qarshi namoyish o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda Sputnik Tojikiston.
Bir necha yuz kishidan mahalliy aholi Xorug‘ shahar ma’muriyati binosi oldidan to‘planishdi. Shahardan DAN postini va huquqni saqlash organlarining qushimcha kuchlarini olib chiqib ketishni talab qilishgan.
Tog‘li Badaxshon viloyati rahbari Yodgor Fayzov so‘zga chiqib namoyishchilar talablarini eshitdi va Bo‘lib o‘tgan voqeani tekshirish uchun maxsus komissiya tashkil qilinishini xabar qildi.
Shunindek viloyat rahbari Xorug‘da militsiya postlari qonuniychilik va huquq tartibotni ta’minlash maqsadida bir qancha muddat saqlanib qolishini ta’kidladi va aholidan ushbu post fa’oliyatiga xalaqit bermaslikni surashdi.
Eslatib o‘tamiz, Xorug‘ shahrida 4-noyabrdan 5-noyabrga o‘tar kechasi mahalliy aholi va DAN posti xodimlari orasida otishma bo‘lgan va uning oqibatida ikki nafar mahalliy aholining jarohatlangan edi.
Hukumat shundan so‘ng hukumat xabarida "yosh yigitlardan iborat jinoiy guruh, norasmiy rahbari Xursand Mazorov boshchiligida Xorug‘ shahrida DAN xodimlari ishlariga xalaqit qilishga urinishgan", deyilgan edi.
Tojikistonning Tog‘li-Badaxshon avtomnom okrugida jinoyatchilarni va giyohvand moddalari sotuvchilargi qo‘lga olishga qaratilgan sa’y-harakatlariga qaramasdan, vaziyat notinchligicha qolmoqda. Ilgariroq Tojikiston prezidenti Imomoli Rahmon ushbu okrugga tashrif buyurib Yodgor Fayzovni mintaqa rahbar etib tayinlangan edi.