Manba: Tojikistonda mahbuslar isoni yuz berdi, 13 kishi halok bo‘lgan

© Sputnik / Aleksey Filippov / Mediabankka o‘tishDveri SIZO
Dveri SIZO - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xabar qilinishicha, hozirda maxsus tergov guruhi voqea joyida ishlamoqda va ison sabablari o‘rganilmoqda.

TOShKENT, 8 noya – Sputnik, Lidiya Isamova. Tojikiston shimolidagi Xo‘jand shahrida qattiq tartibdagi koloniyada yuz bergan mahbuslar isonida 13 nafar mahbus halok bo‘ldi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Bu haqda nashrga So‘g‘d viloyati kuch tuzilmalaridagi manba ma’lum qilgan.

"Xo‘janddagi qattiq tartibdagi koloniyani shturm qilish vaqtida o‘n uch nafar mahbus o‘ldirilgan", - deb aytgan manba.

Manbaning so‘zlariga ko‘ra, mahbuslardan biri, "Islom davlati" a’zosi, qamoqxona qo‘riqchisini qurollansizlantirgan. Mahbus qamoqxona posbonining avtomatini tortib olib, nazoratchi va posbonlarga qarab o‘q uza boshlagan.

Shu tarzda mahbuslar koloniyaning bitta korpusini egallab olganlar.

So‘g‘d viloyati spesnazi isonni bostirishga muvaffaq bo‘lgan.

Xabar qilinishicha, hozirda maxsus tergov guruhi voqea joyida ishlamoqda va ison sabablari o‘rganilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0