O‘zbekiston Mudofaa vaziri AQSh harbiy delegatsiyasini qabul qildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMinistr oboroni Uzbekistana Abdusalom Azizov
Ministr oboroni Uzbekistana Abdusalom Azizov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Uchrashuv davomida Afg‘onistondagi vaziyatni o‘nglash, xalqaro terrorizmga barham berish hamda mintaqada tinchlikni barqaror ushlab turish bo‘yicha fikrlar almashildi. Ertaga O‘zbekiston—Amerika mudofaa idoralari konsultatsiyalari bo‘lib o‘tadi.

TOShKENT, 8 noya - Sputnik. O‘zbekiston mudofaa vaziri general-mayor Abdusalom Azizov AQSh Mudofaa vaziri o‘rinbosarining Janubiy va Markaziy Osiyo ishlari bo‘yicha yordamchisi Kolin Jekson boshchiligidagi harbiy delegatsiyani qabul qildi.

Jeksonga AQShning O‘zbekistondagi elchisi Daniel Rozenblum ham hamrohlik qildi, deb xabar beradi Mudofaa vazirligi matbuot-xizmati.

Ministr oboroni Uzbekistana Abdusalom Azizov - Sputnik O‘zbekiston
Azizov: dunyodagi vaziyat MDH mudofaa vazirlari kengashining ahamiyatini ko‘rsatmoqda

AQSh qurolli kuchlari delegatsiyasi O‘zbekistonga ikki mamlakat mudofaa idoralari o‘rtasida xalqaro harbiy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilish uchun tashrif buyurgan.

O‘zbekiston tomoni harbiy va harbiy-texnika sohasida, shuningdek, mintaqada xavfsizlikni ta’minlash borasidagi dolzarb masalalarda O‘zbekiston—Amerika mudofaa idoralari konsultatsiyasiga alohida e’tibor qaratmoqda. Ikki mamlakat konsultatsiyalari Toshkentda 9-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Uchrashuv davomida Afg‘onistondagi vaziyatni o‘nglash, xalqaro terrorizmga barham berish hamda mintaqada tinchlikni barqaror ushlab turish bo‘yicha fikrlar almashildi, deyiladi xabarda.

"AQSh— biz uchun ishonchli, uzoq yillar davomida sinalgan hamkor bo‘lib, o‘rtamizdagi do‘stlik va o‘zaro munosabatlar doimiy ravishda oldinga qarab siljimoqda. Dunyodagi qudratli jangovar imkoniyatga ega mamlakat bilan mustahkam aloqa o‘rnatish, shubhasiz, bizning armiyamiz jangovar shayligini oshirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi", — deb ta’kidlagan uchrashuv davomida Abdusalom Azizov.

Mudofaa vazirligi axborotiga ko‘ra, hamkorlik davri mobaynida O‘zbekiston va AQSh hududida 400 dan ortiq qo‘shma tadbirlar o‘tkazilgan.

 

Yangiliklar lentasi
0