TOShKENT, 7 noya - Sputnik. Rossiyalik milliarder va “Monako” futbol klubi egasi Dmitriy Ribolovlev Monako talabiga ko‘ra hibsga olindi, deb xabar qildi RIA Novosti Le Monde nashriga asosan.
Monako prokuraturasi Ribolovlevni korrupsiyada, “ta’sirni sotish” kabi jinoyatlarda gumon qilinmoqda. Uning Monte-Karlodagi uyida tintuv o‘tkazilgan.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, biznesmen Chempionlar ligasining “Monako” va “Brugge” o‘yini oldidan hibsga olingan.
2011 yil sentabrda Dmitriy Ribolovlev Bank of Cyprus yirik aksiya egasi bo‘ldi.
Biznesmen Forbes nashriga ko‘ra, rossiyalik m
illiarderlar ro‘yxatida 18-o‘rinni egallamoqda. Uning boyligi 6,8 mlrd dollarga baholanadi.