Toshkentda farzandini sotmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi

© Sputnik / Vladimir Pesnya / Mediabankka o‘tishRoditeli s rebenkom
Roditeli s rebenkom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xorazm viloyati Xazorasp tumanida yashovchi ayol o‘g‘lini 1 000 dollarga sotib yuborayotgan vaqtida qo‘lga olindi.

TOShKENT, 7 noya — Sputnik. Toshkentda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari o‘z o‘g‘lini sotib yubormoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olinganini xabar qilishdi. 

Plachushiy rebenok - Sputnik O‘zbekiston
Andijonlik ayol o‘z farzandini tarbiyalayman deb, urib o‘ldirdi

“Joriy yilning 5-noyabr kuni Toshkent shahar IIBB Terrorizm va ekstremizimga qarshi kurashish boshqarmasi va Bosh Prokuratura huzuridagi IJQK Departamenti xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida Xorazm viloyati Xazorasp tumanida yashovchi 20 yoshli N.Yo. (ismli ayol) Toshkent shahar Yashnabod tumanida joylashgan “Iltifot” qaxvaxonasida 2017-yil 4-noyabr kuni tug‘ilgan o‘g‘lini 1 000 AQSh dollariga sotib yuborayotgan vaqtida qo‘lga olindi”, - deyilgan xabarda.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Yangiliklar lentasi
0