Andijonlik ayol o‘z farzandini tarbiyalayman deb, urib o‘ldirdi

© ARMEND NIMANI / AFPPlachushiy rebenok
Plachushiy rebenok - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda

TOShKENT, 17 okt - Sputnik. Andijonlik ayol o‘z farzandini tarbiyalayman deb, urib o‘ldirdi, deb xabar qildi O‘zbekiston IIV matbuot xizmati.

Meni sotgan onamga maktub: menga sizdan o‘zga xech kim, hech nima kerak emas edi

Xabarda aytilishicha, Andijon viloyatining Izboskan tumanida yashovchi uy bekasi - Sh.V. uyida 5 yoshli o‘g‘li Z.K.ni tarbiyalash maqsadida bola tanasini turli joylariga yog‘och bo‘lagi bilan urib, jarohat yetkazgan.

Natijada bola kasalxonaga yotqizilgan.

Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay bolakay kasalxonada vafot etgan. Sh.V. qo‘lga olingan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0