Barcha maktablarni 2 oyda avtobuslar bilan ta’minlash imkoniyati mavjud emas - vazirlik

© tashtrans.uzAvtobusi SAZ HD 50, proizvodimie Samarkandskim avtomobilnim zavodom
Avtobusi SAZ HD 50, proizvodimie Samarkandskim avtomobilnim zavodom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi tizimida 9,6 mingdan ziyod maktablar faoliyat yuritadi.

TOShKENT, 7 noya - Sputnik.  Xalq ta’limi vazirligi ayrim internet nashrlarida O‘zbekistonning barcha maktablari 2019-yil 1-yanvarigacha avtobuslar bilan ta’minlanishi haqidagi xabarlarga aniqlik kiritdi.

Shkolniy avtobus - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistondagi barcha maktablar maktab avtobuslari bilan ta’minlanadi

Xabarda aytilishicha, 2-noyabr kuni Shavkat Mirziyoyev raisligida xalq ta’limi tizimini yanada rivojlantirish borasidagi islohotlar samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazilgan edi.

Mazkur yig‘ilishda 2019-yil 1-yanvargacha joylardagi maktab filiallarini asosiy maktabga aylantirish vazifasi qo‘yildi.

Asosiy maktab tashkil etish maqsadga muvofiq bo‘lmagan joylarda esa, o‘quvchilarning asosiy maktabga borishlari uchun avtobus xizmatlari yo‘lga qo‘yilishi masalasini o‘rganib chiqish kerakligi ta’kidlandi. Bu tashabbus qishloq bolalarini ham yaxshi sharoitlarda o‘qishini ta’minlash o‘quvchilar uzog‘ini yaqin qilishga qaratilgan.

“O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi tizimida 9,6 mingdan ziyod maktablar faoliyat yuritadi va ularning barchasini ikki oyda avtobuslar bilan ta’minlash imkoniyati mavjud emas. Shuning uchun bu masala birinchi navbatda eng zarur bo‘lgan uzoq joylardagi maktablar uchun ko‘zda tutiladi”, - deyilgan vazirlik xabarida.

Yangiliklar lentasi
0