Aleksandr Lukashenkoning samolyoti sotuvga qo‘yildi

© RIA Novosti / Sputnik / Nikolay YeninBivshiy belarusskiy Bort № 1 samolyot Tu-154M
Bivshiy belarusskiy Bort № 1 samolyot Tu-154M - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Samolyotning boshlang‘ich narxi 2 million dollardan ko‘proqni tashkil qiladi.

TOShKENT, 6 noya – Sputnik. Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko bir vaqtlar uchgan Tu-154M samolyoti sotuvga qo‘yildi, deb xabar qildi RIA Novosti.

Prezident Belorussii Aleksandr Lukashenko  - Sputnik O‘zbekiston
Lukashenko tunda alkogol sotish cheklovini bekor qilish bo‘yicha buyruq berdi

Xabarda aytilishicha, samolyotning boshlang‘ich narxi 2 million dollardan ko‘proqni tashkil qiladi.
Savdolarda ushbu summadan 10 foiz bo‘nak kiritadigan istalgan tashkilot yoki shaxs ishtirok eta oladi.
1995 yilda ishlab chiqarilgan EW-85815 bort raqamiga ega samolyot uchun savdolar Minsk aeroportida 5-dekabrda boshlanishi rejalashtirilgan.

“Belavia” aviakompaniyasida samolyot davlat rahbari tomonidan qo‘llangani haqidagi ma’lumotni tasdiqlash yoki rad etishga haqli emasliklari aytilgan.

“Biz savdoga qo‘yilgan samolyotning ko‘rsatkichlari haqidagi ma’lumotni bera olamiz”, - deb ta’kidladi aviakompaniya vakili.

Lukashenko samolyoti haqidagi ma’lumot uning Xitoyga 2016-yildagi safari vaqtida paydo bo‘lgan.

Prezidentga tegishli Tu-154M Novosibirskda qo‘nib o‘tgan va aynan shu yerda qayd qilingan.

Yangiliklar lentasi
0