Lukashenko tunda alkogol sotish cheklovini bekor qilish bo‘yicha buyruq berdi

© Sputnik / Aleksey NikolskiyPrezident Belorussii Aleksandr Lukashenko
Prezident Belorussii Aleksandr Lukashenko  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bundan avval Minsk shahar ijroiya qo‘mitasi 2018-yil 1-oktabrdan bir yil muddatga tunda alkogol, piva, tarkibida alkogol kam bo‘lgan ichimliklar sotishni man etish cheklovlarini joriy etgandi.

TOShKENT, 2 okt - Sputnik. Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko bir sutka ichida soat 23-00 dan 7-00 gacha spirtli ichimliklarni sotishni man etish bo‘yicha cheklovlarni bekor qilish to‘g‘risida topshiriq berdi.

Tashkentskoe more ili pritagatelniy Charvak - Sputnik O‘zbekiston
Lukashenko Mirziyoyevning Tan-Shan tog‘lari etagidagi shaxsiy qarorgohiga tashrif buyurdi

Bu cheklovlar tajriba tariqasida Minskda va tumanlarda 1-oktabrdan joriy etilgandi.

Bundan avval Minsk shahar ijroiya qo‘mitasi 2018-yil 1-oktabrdan bir yil muddatga tunda alkogol, piva, tarkibida alkogol kam bo‘lgan ichimliklar sotishni man etish cheklovlarini joriy etgandi. Xususan, rejaga ko‘ra, tunda alkogol ichimliklarni chakana savdosini faqat umumiy ovqatlanish joylarida mumkin edi.

Shahar hukumati bu qarorni “sog‘lom turmush tarzini targ‘ibot qilish, ichkilikbozlikka qarshi kurash” deya tushuntirish berdi.

“Prezident, unga taqdim etilgan ma’lumotlar bilan tanishib chiqib, bu uylanmagan qarorni bir sutka ichida bekor qilish haqida topshiriq berdi”, - deyilgan administratsiya bayonotida.

Bayonotda aytilishicha, “ichkilikbozlik bilan bunday bir tomonlama taqiqlar bilan kurashish kerak emas. Ular amalda kutilgan ijobiy natijalar o‘rniga, yashirin savdo va jinoyatilik sohasini rivojlanishi, shu jumladan kontrafakt mahsulotlar ko‘paytiradi”.

Shu bilan birga,  talab har doim taklifni topadi.

V Uzekspotsentre otkrilas vistavka produksii belorusskogo proizvodstva.  Vistavku posetili Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyov i Prezident Respubliki Belarus Aleksandr Lukashenko - Sputnik O‘zbekiston
Iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish sari: Mirziyoyev va Lukashenko ko‘rgazmaga tashrif buyurdi

“Taksischilar tomonidan pol ostidan yashirin sotishi, har qanday tarkibida spirt bo‘lgan ichimliklar iste’mol qilinishi ko‘payishiga olib kelib, bu savdo sharoitida kontrafakt muammosini nazorat qilish mumkin emas... Natijada huquqbuzarliklar ko‘payishi va alkogol ichimliklardan zaharlanish holatlari ko‘payadi. Bu sog‘liqni saqlash tizimi va davlat budjetiga qo‘shimcha og‘irlik bo‘lib tushadi. Bularning hammasi shu kabi cheklovlar natijasida bo‘ladi”, - deb tushuntirishdi prezident administratsiyasida.

Mavjud muammoni hal qilish uchun keng qamrovli profilaktika choralar, birinchi navbatda tarbiyaviy va sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga qaratilishi kerakligi ta’kidlandi.

Yangiliklar lentasi
0