O‘zbekiston aeroportlari xususiy biznes qo‘liga topshirilishi mumkin

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari Aziz Abduxakimov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida aviabozorda davlat ishtiroki to‘liq qayta ko‘rib chiqilishi mumkinligi haqida xabar berdi

TOShKENT, 5 noya - Sputnik. O‘zbekiston aeroportlarini xususiy biznes boshqaruviga topshirish rejalashtirilmoqda, deb xabar qilgan o‘zining Feysbukdagi sahifasida O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari Aziz Abduxakimov.

Xabarda aytilishicha, O‘zbekiston oldida davlat boshqaruv harakatini tartibga solish va butdan qayta ko‘rib chiqish vazifasi turibdi. Misol uchun yo‘lovchilarni tashish bozori institutsional asosini funksiyalarni: davlat boshqaruvi, aviatashuv va aeroportlarni boshqarish operatorlariga bo‘lish orqali takomillashtirish ko‘zda tutilmoqda.

Eyfeleva bashnya  - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistondan Fransiyaga avia parvozlar soni ko‘paydi

Bosh vazir o‘rinbosarining aytishicha, so‘nggi 9 oy mobaynida O‘zbekistonga tashrif buyurgan xorijiy fuqarolar soni 3,9 millionni tashkil qilgan bo‘lsa-da, bu natijalarni yaxshilash mumkin va zarur.

Xususan ayni vaqtda aeroportlarda xizmat ko‘rsatish darajasini oshirish uchun ularni alohida tuzilmalarga ajratish, tanlov asosida investorlarga tashqi boshqaruvga topshirish variantlari ko‘rib chiqilmoqda. 

Bundan tashqari, hukumat tomonidan aviatsiya, temiryo‘l va avtomobil infratuzilmalarini rivojlantirish maqsadida dasturlarni hamkorlikda loyihalashtirish uchun xalqaro moliya institutlarini jalb qilish masalasi ko‘rib chiqilayotgani ta’kidlangan.

Hozirda O‘zbekiston aviabozorida barchasi uchun "O‘zbekiston havo yo‘llari" davlat kompaniyasi javob beradi. Butunjahon banki guruhi O‘zbekiston Hukumatini aviatsiya sektorini isloh qilish masalalari yuzasidan konsultatsiya berishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0