TOShKENT, 30 okt - Sputnik. “O‘zbekiston havo yo‘llari" 2018-yil 30-oktabrdan Toshkent-Parij-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar haftasiga ikki marta amalga oshiriladi, deb xabar qildi MAK matbuot xizmati.
Parvozlar seshanba va juma kunlari quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi:
HY-251: Toshkent 14:30 – Parij 17:40;
HY-252: Parij 19:10 – Toshkent 06:00.
Ikki tomonga aviachiptaning narxi 508,50 yevrodan boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti imzolagan farmonga muvofiq 5-oktabrdan Fransiya fuqarolari uchun 30 kungacha muddatga vizasiz rejim kuchga kirgandi.
Bu qaror O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasida o‘zaro madaniy, ilmiy va ta’lim sohalaridagi hamkorlik aloqalarini kuchaytirish, xalqaro munosabatlarni rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida qabul qilingan.