Tolibon vakillari Moskva muzokaralarida ishtirok etadi

© AFP 2023 / Noorullah Shirzada Boyeviki gruppirovki Taliban. Arxivnoe foto
Boyeviki gruppirovki Taliban. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya, Afg‘onistonda tinchlik - faqat siyosiy yo‘l bilan hamda qo‘shni mamlakatlarning faol ishtirokida o‘rnatish mumkinligiga, ishonadi.

TOShKENT, 4 noya – Sputnik. Moskvada 9-noyabr kuni Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatishga bag‘ishlangan maslahatlashuv bo‘lib o‘tadi, deb xabar qildi Rossiya TIV matbuot xizmati.

Boyeviki dvijeniya Taliban - Sputnik O‘zbekiston
"Tinchlik narxi qancha?": O‘zbekiston hukumatining yengilmas Tolibon  bilan muzokaralari

Muzokaralar tashqi ishlar vazirlari o‘rinbosarlari hamda maxsus vakillar darajasida bo‘lib o‘tadi. Tegishli taklifnomalar barcha ishtirokchi mamlakatlar -  Afg‘oniston, Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Pokiston, Tojikiston, Turkmanistonu, O‘zbekiston va AQShga yuborildi.

Afg‘oniston islom respublikasi prezidenti Ashraf G‘ani ushbu majlisga mamlakatning Tinchlik oliy kengashi delegatsiyasini yuborishga qaror qildi. Doxada joylashgan siyosiy ofisi vakili kelishi e’lon qilindi.

Rossiya tomon Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish faqat siyosiy yo‘l bilan amalga oshirilishi mumkinligiga va ushbu ishda qo‘shni mamlakatlarning hamda hududiy hamkorlarning faol ishtiroki kerak bo‘lishiga ishonadi.

Yakuni hujjat imzolash – majlis rejasida nazarda tutilmagan. Rossiya tomonidan majlisda tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ishtirok etadi.

Yangiliklar lentasi
0