TOShKENT, 2 noya - Sputnik. "O‘zbekenergo" AJ 2018-yil 16-noyabrdan boshlab elektr energiyasi narxlari oshganligini ma’lum qildi. Bu haqda kompaniyaning rasmiy saytida xabar berilgan.
Elektr-energiyasi uchun yangi tariflar Vazirlar Mahkamasining "Yoqilg‘i-energetika resurslari narxlarining va tariflarining bosqichma-bosqich o‘zgarishi to‘g‘risida"gi qaroriga asosan belgilanganligi ma’lum qilingan.
"O‘zbekenergo" xabariga ko‘ra, 1 kVt/soat elektroenergiyasi maishiy iste’molchilar uchun 228,6 so‘mdan 331 so‘mga oshadi. O‘sish darajasi 44,79%.
Shu bilan birga 2019-yilning 1-iyunidan 1 kVt/soat elektr energiya 370 so‘mni tashkil etadi.
Turar-joy binolari va yotoqxonalarda yashovchi uy-joy, belgilangan tartibda oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlash uchun elektr plitalari bilan jihozlangan maishiy iste’molchilar 1 kVt/soat elektr energiyasi uchun 2018-yil 16-noyabrdan o‘rnatilgan tartibda - 125 so‘mdan, 2019-yilning 1-iyunidan - 140 so‘mdan to‘lovni amalga oshiradilar.