Hyundai O‘zbekistonga yengil avtomobillar eksport qilishni boshlaydi

© Sputnik / Mixail Kireyev / Mediabankka o‘tishProizvodstvo obnovlennogo Hyundai Solaris v Leningradskoy oblasti
Proizvodstvo obnovlennogo Hyundai Solaris v Leningradskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Birinchi dilerlik markazi 2019-yilda ochiladi. Kompaniya distribyutor bo‘lishi sababli dastlabki bosqichda Qozog‘istonda yig‘ilgan avtomobillar sotilmaydi, ammo bu borada muzokaralar davom etapti.

TOShKENT, 2 noya – Sputnik. Janubiy Koreyalik Hyundai Motor Company O‘zbekiston bozoriga chiqmoqchi. Bu rejalar haqida Hyundai Auto Kazakhstan direktori Denis Kolomaskiy ma’lum qildi.

Proizvodstvo obnovlennogo Hyundai Solaris v Leningradskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘iston kompaniyasi O‘zbekistonda Hyundai yengil mashinalarini sotadi

Kompaniya yaqinda O‘zbekistonda yengil texnika distribyuteri bo‘ldi. Kompaniya O‘zbekistonda ishlab chiqaruvchi emas, balki distribyutor bo‘lishi sababli dastlabki bosqichda Qozog‘istonda yig‘ilgan avtomobillar sotilmaydi, ammo bu borada muzokaralar davom etapti.

Kolomaskiy “Kursiv” nashriga bergan intervyuda, O‘zbekistonda siyosiy va iqtisodiy o‘zgarishlar O‘zbekiston Respublikasida siyosiy va iqtisodiy o‘zgarishlar boshlangani tufayli, u yerga eng yirik kompaniyalar kirib kelmoqda.

“Hyundai Motor Company ham ushbu yangi va istiqbolli bozorga kirish istagini bildirdi va Astana Motors’ga mintaqaviy distribyutor bo‘lishni taklif qildi. Biz ham ushbu mintaqada salohiyatni ko‘rapmiz va Hyundai Motor Company taklifini mamnuniyat bilan qabul qildik”, - dedi Kolomaskiy.

O‘tgan yil kuzda O‘zbekistonda Hyundai avtomobili ishlab chiqarilishi haqida xabar paydo bo‘lgandi. Biroq kompaniya yuk mashinalari, avtobuslar ishlab chiqarilishi haqida ma’lum qilgandi.

Shu yil yozda qator OAVlar shu brenddagi yengil mashinalarni soddalashtirilgan bojxona sxemasi bo‘yicha sotilishi rejalashtirilganligi haqida xabar berishdi.

Yangiliklar lentasi
0